Mexanika-matematika fakulteti O’zbekiston Milliy universitetining to’ng’ich fakultetlaridan bo’lib,Turkiston xalq universityeti tarkibidagi bo’lim sifatida tashkil topgan edi.

1918-1932 yillar mobaynida fizika-matematika bo’limining rahbarivazifasida turli davrda prof. V.I.Romanovskiy, prof S.N.Naumov, prof. A.V.Blagoveshyenskiy, prof.V.G.Muxin, prof.O.K.Langye, dotsent I.A.Teplov ishlagan.

1932-yilda fizika-matematika bo’limi asosida fizika-matematika fakulteti tashkil topdi.Bu fakultet dekani lavozimida dotsent R.R.TSummerman (1933-1934), dotsent A.P.Domoryad (1934-1935), dotsent A.L.Perelnik (1935-1936), prof. V.I.Romanovskiy (1936-1938) prof. A.A.Skvortsov (1938-1954), dotsent M.M.Sultonova (1954-1959) ishlagan.

1959-yilda fizika-matematika fakulteti asosida ikki fakultet: fizika va Mexanika-matematika fakultetlari tashkil topdi. Dotsent M.M.Sultonova Mexanika-matematika fakultetining birinchi dekani bo’ldi. Bu fakultet dekani vazifasini 1961-1965-yillarda dotsent M.A.Sobirov, 1965-1971 yillarda dotsent M.Vohidov bajardi.

1971-yilda Mexanika-matematika fakulteti negizida ikki fakultet – matematika hamda Tadbiqiy matematika va Mexanika fakultetlari tashkil qilindi. Matematika fakulteti dekanligi vazifasiga prof. J.Hojiyev saylandi. Keyinchalik prof.A.S.Sadullayev (1985-1992), prof. A.A’zamov (1992-1993), prof. G.Xudoyberganov (1993-1994) dekan bo’lib ishlagan.

1994-yilda matematika hamda Amaliy matematika va Mexanika fakultetlarining qo’shilishi munosabati bilan fakultet yana Mexanika-matematika fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultetda avval prof.G.Xudoyberganov (1994-2001), prof. R.R.Ashurov (2001-2003) dekan bo’lib ishlagan bo’lsa, 2003-yildan fakultetga fizika-matematika fanlari doktori B.A.SHoimqulov rahbarlik qilmoqda.

          Mexanika-matematika fakulteti keng qamrovli matematika, mexanika va axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Mazkur fakultet bitiruvchilari mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, akademik litsey, kasb-hunar kollyejlarida va o’rta maktablarda, turli ilmiy tekshirish institutlarida, hisoblash markazlarida va statistika tashkilotlarida ishlamoqda.

Hozirgi kunda fakultetda “Matematika”, “Mexanika”, “Amaliy matematika vainformatika”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi”, “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, shuningdek, 5А130101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha),  5А130102 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 5А130103  - Matematik fizika, 5А130202 – Amaliy matematika va axborot texnologiyalari, 5А140301 – Nazariy mexanika, 5А140302 – Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi, 5А330201 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar bo’yicha), 5A330301 –Kriptografiya va kriptoanaliz5A330302 – Axborot xavfsizligi mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

O’qish muddati bakalavriaturada – 4 yil, magistraturada – 2 yilMashg’ulotlar o’zbek va rus tillarida olib boriladiHar yili bakalavriaturaning 1-kursiga 200 dan ortiq, magistraturaga esa 70 dan ortiq talabalar o’qishga qabul qilinadiHozirgi kunda barcha yo’nalishlar va mutaxassisliklarda  1000 ga yaqintalabalar  tahsil olmoqdalar.

Fakultetda 5 ta mutaxassislik bo’yicha doktorlik ilmiy darajasini berish huquqiga ega Ixtisoslashgan Kengash faoliyat yuritib turibdi.

Mexanika-matematika fakulteti bitiruvchilari oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalaridaO’zRFA ilmiy-tekshirish institutlarida va moliyabank hamda statistika tashkilotlaridainformatsion resurs markazlari mavjud bo’lgan barcha korxona va tashkilotlarda ishlashlari mumkin.

          Fakultetda 10 takafedra 3 ta resurs markazlariaxborot resurs markazi faoliyat ko’rsatib kelmoqdaBarcha kafedralarda magistraturava katta ilmiy xodim-izlanuvchilik mavjud.