Iqtidorli talabalar

 

PIRNAPASOV ABROR TOLIBOVICH.

2008 yil Qozog'iston Respublikasining Almata shahrida 4-Xalqaro Jautikov olimpiadasi hamda Ispaniyaning Madrid shahrida bo'lib o'tgan matematatika fanida 49-Xalqaro olimpiadasi qatnashchisi bo'ldi. 2009 yil Germaniyaning Bremen shahrida matematika fanidan 50-Xalqaro fan olimpiadasida qatnashib, bronza medali sohibi bo'ldi.
2010-2011 va 2011-2012 o'quv yililarida O'zbekiston Milliy universitetining “O'zMU stipenyasi” va Qori Niyoziy nomidagi stipendiya sohibi bo'ldi. Matematika mutaxasislik fanidan Respublika fan olimpiadasida 2010 va 2011 yillarda Urganch Davlat universitetida matematika mutaxasislik fanidan Respublika fan olimpiadasida 2- va 1-o'rinni va 2012-yil Berdaq nomidagi Qaroqalpoq Davlat universitetida matematika mutaxasislik fanidan Respublika fan olimpiadasida ishtirok etib faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi va imtihonlarni muaffaqiyatli topshirib O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stependiyasi sovrindori bo'ldi.
Shu kunlarda fizika-matematika fanlari doktori, professor G'anixo'jaev Rasul Nabievich bilan “Kvadratik stoxastik operatorlar nazariyasi va genetik algebra” yo'nalishida va fizika-matematika fanlari doktori, professor Roziqov O'tkir Abdullaevich bilan “Evolyutsion algebralar nazariyasi” yo'nalishdi ilmiy ishlar bo'yicha faoliyat olib boryapti.

SHERMATOVA ZARINA HAKIM QIZI
Fakultetning 4-bosqichida a'lo baholar bilan ta'lim olyapti. O'qish bilan bir qatorda matematika fanidan 2010-2011, 2011-2012 o'quv yillari davomida universitetda talabalar o'rtasida o'tkazilgan olimpiadalarda qatnashib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. 2011 yilning noyabr oyida O'zMU va TDPU ning matematika yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar o'rtasida o'tkazilgan matematika olimpiadasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. 2010-2011, 2011-2012 o'quv yillarida O'zMU hamda 2011-2012 o'quv yilida Qori-Niyoziy stipendiyasi bilan taqdirlandi. Shermatova Zarina shu yili o'z mehnatsevarligi, barcha fanlarni a'lo baholarga o'zlashtirishi, jamoat ishlarida faol qatnashishi natijasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo'ldi. Shular bilan bir qatorda chet tillarini ham mukammal o'rganib kelmoqda. Rus va ingliz tillari bo'yicha bir qator sertifikatlarni qo'lga kiritdi. Hozirda fakultetning Algebra va funktsional analiz kafedrasida fizika-matematika fanlari doktori, akademik Ayupov Shavkat Abdullaevich hamda fizika-matematika fanlari doktori, professor Omirov Bahrom Abdazovich rahbarligida jadal o'rganilayotgan algebraning “Leybnits algebralari” sohasi bo'yicha echimi topilmagan muammolar ustida ilmiy ish bilan shug'ullanmoqda. Ayni paytda bu sohada Ispaniya, Frantsiya, Malayziya, Qozog'iston kabi qator mamlakatlarda tadqiqotlar olib borilmoqda. U o'zining matematika faniga bo'lgan qobiliyati va izlanuvchanligi bilan boshqa tengdoshlari orasida ajralib turadi. Kafedra tomonidan o'tkaziladigan ilmiy seminarlarda doimiy ravishda ishtirok etadi. Hozirgi kungacha algebra sohasida bir necha yutuqlarga erishib kelyapti. 

IBROHIMOVA ZULAYHO ERGASH QIZI
2008-2009 o'quv yilidan boshlab iqtidorli talabalar uchun mo'ljallangan O'zMU stipendiyasiga ega bo'ldi. O'qish davomida “Programmalash va tarmoq texnologiyalari ” kafedrasi o'qituvchisi dotsent Xakimov Muftoq Xamidovich rahbarligida Respublikadagi barcha Litseylar uchun yagona ma'lumotlar tizimini yaratish va Mobil telefonlar uchun turli programma mahsulotlari yaratish kabi ilmiy ishlar bilan shug'ullandi.
Zulayho Ibrohimova 2010-2011 o'quv yillarida intiluvchanligi, barcha fanlardan a'lo baholarga o'zlashtirishi, jamoat ishlarida faol qatnashishi natijasida universitet tomonidan O'zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta'sis etilgan Mirzo Ulug'bek nomidagi Davlat stipendiyasiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.
2011-yilda Milliy universitetning “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti” yo'nalishiga magistratura bosqichiga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilindi. O'qishi davomida 10ga yaqin ilmiy maqolalarni chop ettirgan. Hozirgi kunda pedagoglar uchun mo'ljallangan “Uch darajali instrumental tizim yaratish ” ustida ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda.