Yosh matematiklar maktabi

O'zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakultetida haftalik olimpiada musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Ushbu olimpiadalar talabalar o'rtasida va akademik litsey o'quvchilari o'rtasida tashkil qilingan.

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollej talabalari uchun olimpiada masalalari har haftaning payshanba kuni ushbu saytda e`lon qilib boriladi. Javoblarni keyingi hafta chorshanba kuni soat 1800 gacha olympiadnuuz@mail.ru e-mail adresiga jo`natishingiz mumkin. Natijalar har hafta ushbu saytda e'lon qilib boriladi. Mashg'ulotlarni matematik analiz kefedrasi assistenti Karim Raximov, talabalar o`rtasida o`tkazilgan Respublika olimpiadalari uch bora I-o`rin va bir bora II-o`rin sohibi, jahon olimpiadasi bronza medali sohibi, magistratura 2-bosqich talabasi Abror Pirnapasov, hamda 2014 yilgi akademik kasb-hunar litsey va kollej talabalari o`rtasidagi Respublika olimpiadasi 1-o`rin sohibi, Jahon olimpiadasi oltin medali sohibi, 1-kurs talabasi Hakimboy Egamberganovlar olib boradilar.

 

Universitet talabalari uchun olimpiada masalalari har haftaning juma kuni ushbu saytda e`lon qilib boriladi. Javoblarni keyingi hafta payshanba kuni soat 1800 gacha olympiadnuuz@mail.ru e-mail adresga jo`natishingiz mumkin. Natijalar har hafta ushbu saytda e'lon qilib boriladi. Mashg'ulotlarni matematik analiz kefedrasi assistenti Karim Raximov hamda magistratura 2-bosqich talabasi Abror Pirnapasovlar olib boradilar.