Back to Top

Akademiklar

5330100 – Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti

Bakalavriat ta’lim yо‘nalishi – ilm-fan va texnika sohasidagi ta’lim yо‘nalishi bо‘lib, u fanning turli tarmoqlarida kompyuter texnologiyalarini qо‘llashning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib borishini о‘rganish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy kо‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yо‘naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublari majmuasini о‘z ichiga oladi.

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • - ishlab chiqarish-sozlash;
  • - ilmiy-tadqiqot;
  • - loyihaviy-konstruktorlik;
  • - tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • - pedagogik (о‘rnatilgan tartibda olgan kvalifikatsiyaga mos ravishda) va ma’rifat faoliyati;
  • - Foydalanish va servis xizmati kо‘rsatish va shu kabilarni о‘z ichiga oladi.

5330300 - Axborot xavfsizligi (kompyuter tizimlari xavfsizligi)

bakalavriat ta’lim yо‘nalishi – Kompyuter texnologiyalari va informatika sohasining yо‘nalishi bо‘lib, axborot kommunikatsiya tizimining davlat va nodavlat korxonalari, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga doir kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Axborot xavfsizligi (kompyuter tizimlari xavfsizligi) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • - ishlab chiqarish;
  • - ilmiy-tadqiqot;
  • - loyihaviy-konstruktorlik;
  • - tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • - foydalanish va servis xizmatini kо‘rsatish;

5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari (dasturiy ta’minot)

ilm-fan va texnika sohasidagi ta’lim yо‘nalishi bо‘lib, u fanning turli tarmoqlarida kompyuter texnologiyalarini qо‘llashning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib borishini о‘rganish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy kо‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yо‘naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublari majmuasini о‘z ichiga oladi.

Informatika va axborot texnologiyalari (dasturiy ta’minot) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • - muhandislik va loyiha-konstruktorlik faoliyati;
  • - ilmiy-tadqiqot;
  • - ishlab chiqarish – texnologik, yig‘ish-sozlash faoliyat;
  • - tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • - foydalanish va servis xizmatini kо‘rsatish;
  • - pedagogik (о‘rnatilgan tartibda olgan kvalifikatsisiyaga mos ravishda) va ma’rifat faoliyati;

5130100 – Matematika

ilm-fan, texnika va ta’lim sohasidagi yо‘nalish bо‘lib, u fanning turli tarmoqlarida matematikani qо‘llashga va amaliy faoliyatning turli sohalariga matematik usullarining kirib borishi bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Matematika ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • - ishlab chiqarish-texnologik;
  • - ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
  • - loyihaviy-konstruktorlik;
  • - tashkiliy-boshqaruv;
  • - ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik va pedagogik faoliyat (о‘rnatilgan tartibda);
  • - turli xizmatlar kо‘rsatishi va shu kabilarni о‘z ichiga oladi.

5140300 – Mexanika

ta’lim yо‘nalishi – ilm-fan va texnika sohasining yо‘nalishi bо‘lib, unga inson faoliyatida tabiat jarayonlarini, hodisalar qonuniyatlarini matematik modellarini yaratish yо‘li bilan о‘rganish va soha istiqbolini belgilash, kasbiy kо‘nikma va inson faoliyatining bilim vositalari va uslublari majmuasini о‘z ichiga oladi. Shuningdek, texnika taraqqiyotida qо‘llaniladigan vositalar va usullar majmualarini yaratish ham kiradi.

Mexanika ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • - ishlab chiqarish-texnologik;
  • - ilmiy-tadqiqot;
  • - loyiha – izlanish;
  • - tashkiliy-boshqaruv;
  • - umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
  • - turli xizmatlar kо‘rsatishi va shu kabilarni о‘z ichiga oladi.

5130200 – Amaliy matematika va informatika

ilm-fan va texnika sohasidagi ta’lim yо‘nalishi bо‘lib, u fanning turli tarmoqlarida matematikani qо‘llashning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga matematik usullarining kirib borishini о‘rganish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy kо‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yо‘naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublari majmuasini о‘z ichiga oladi.

Amaliy matematika va informatika ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • - ishlab chiqarish-texnologik;
  • - ilmiy-tadqiqot;
  • - loyihaviy-konstruktorlik;
  • - yig‘ish-sozlash ishlari;
  • - tashkiliy-boshqaruv;
  • - umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
  • - turli xizmatlar kо‘rsatishi va shu kabilarni о‘z ichiga oladi.

Virtual qabulxona


Foydali Havolalar